Prezident Şavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni huquqbuzarliklar profilaktikasini zamon talablariga muvofiq takomillaştirişga qaratilgan taqdimot bilan tanişdi. Yangi tizim orqali hududlardagi kriminogen vaziyatni baholaşda statistik maʼlumotlar bilan bir qatorda aholining xavfsizlik hissi va yaşirin jinoyatçilik körsatkiçlari ham hisobga olinadi.
Qayd etilişiça, amaldagi baholaş usullari asosan statistik maʼlumotlarga tayanadi. Biroq jinoyatçilikka taʼsir qiluvçi ijtimoiy-iqtisodiy omillar yetarliça tahlil qilinmaydi.
Taqdimotda kriminogen vaziyatni baholaşning yangi modeli doirasida bir qator mexanizmlarni joriy etiş nazarda tutilgan.
Jumladan, ilk bor aholining xavfsizlik hissi va yaşirin jinoyatçilik körsatkiçlarini ham qamrab oluvçi «Kriminogen barqarorlik indeksi» şakllantiriladi. Şuningdek, davlat idoralarining axborot resurslarini birlaştiruvçi yagona kriminogen maʼlumotlar platformasi işga tuşiriladi.
Yana bir muhim yangilik — sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida jinoyatçilik xavflarini tahlil qiliş va prognozlaş, şuningdek, kriminogen xaritalarni şakllantiriş tizimi yölga qöyiladi.
Yangi mexanizmlar asosida hududlar va mahallalardagi kriminogen vaziyat muntazam baholanadi. Xavf darajasidan kelib çiqib, manzilli profilaktika çoralari belgilanadi.
Kriminogen vaziyatni baholaşning yangi modelini joriy etişni nazarda tutuvçi farmon imzolandi.


