Özbekiston Markaziy banki 4-noyabrdagi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. Qaror inflyatsion bosim va iqtisodiyotdagi yuqori talab şaroitida qabul qilindi.
Markaziy bank maʼlumotlariga köra, sentabr oyida yillik inflyatsiya 6,4 foiz, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foiz bölgan. Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayişda davom etmoqda.
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida iqtisodiy ösiş 8,3 foizga yetgan. Biroq içki talabning yuqoriligi, jahon bozorlarida oziq-ovqat va energiya narxlarining özgaruvçanligi inflyatsion xatarlarni saqlab qolmoqda.
Regulyator prognoziga köra, 2026-yil yakunida inflyatsiya 7 foiz atrofida bölişi kutilmoqda. 2027-yil oxiriga borib esa uni 5 foizlik maqsadli darajaga tuşiriş rejalaştirilgan.
Markaziy bank Boşqaruvining navbatdagi yiğilişi 16-dekabr kuni ötkaziladi.
Asosiy stavkaning özgarişsiz qoldirilişi bank kreditlari va omonatlari böyiça foizlar darhol özgaradi degani emas. Tijorat banklari öz foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi.