Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijda mehnat qilayotgan Özbekiston fuqarolarining iş staji va pensiya huquqlarini tan oliş masalasini kötardi. Davlat rahbari çet elda orttirilgan iş staji fuqarolar Vatanga qaytganidan keyin ham hisobga olinişi zarurligini taʼkidladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasiga bağişlangan yiğilişda xorijda işlayotgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va pensiya taʼminoti masalalariga eʼtibor qaratdi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda özbekistonliklar 40 dan ortiq davlatda qonuniy mehnat qilib, soliqlar bilan bir qatorda pensiya badallarini ham tölamoqda.
“Ularning xorijdagi iş staji Vatanga qaytganidan keyin hisobga ötişi, ayniqsa, pensiya tayinlaşda bu albatta inobatga olinişi zarur”, — dedi Prezident.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilda Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan iş staji hamda pensiya huquqlarini tan oliş böyiça ikki tomonlama bitimlar imzolangan.
Şuningdek, fuqarolar köp mehnat qilayotgan Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Boltiqböyi va Bolqon davlatlari bilan ham şu kabi kelişuvlarga erişiş vazifasi belgilandi.
Prezident masʼullarga xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarni jadallaştiriş hamda yil yakunigaça erişilgan aniq natijalar yuzasidan axborot taqdim etiş topşiriğini berdi.
Mazkur taşabbuslar xorijda işlayotgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qiliş va pensiya taʼminoti böyiça xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

