Özbekistonda 2027-yildan fuqarolarni xorijda işga joylaştirişda xususiy bandlik agentliklarining roli kengaytiriladi. Yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun agentliklarga 1,5 million sömdan rağbat puli tölanişi közda tutilmoqda.
2027-yildan boşlab fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş vazifasini işonçli xususiy bandlik agentliklariga topşiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Rasul Kuşerbayev öz Telegram kanalida maʼlum qildi.
Yangi tartibga köra, yuqori daromadli xorijiy iş örinlariga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun xususiy bandlik agentliklariga 1,5 million söm miqdorida rağbat puli ajratilişi nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, yoşlarni xorijiy mehnat bozoriga tayyorlaş va ularning kasbiy malakasini oşiriş uçun bir qator imtiyozlar joriy etilişi közda tutilgan.
Xususan, texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Bu hududlarda xorijda işlaşga tayyorlov kurslarini taşkil etiş imkonini yaratişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, çet eldan jalb qilingan öqituvçi va ekspertlar uçun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi.
Öquv jarayonini taşkil etiş uçun zarur bölgan uskuna va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinişi ham nazarda tutilmoqda.
Mazkur çoralar fuqarolarni xorijda yuqori daromadli iş örinlariga tayyorlaş, kasbiy könikmalarini rivojlantiriş va taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.


