Özbekistonda köp qavatli turar joy binolarini 15-noyabrgaça markazlaşgan isitiş tizimiga ulaş rejalaştirilmoqda. Biroq isitiş mavsumining boşlaniş sanasi har bir hududda ob-havo şaroitidan kelib çiqib belgilanadi.
Bu haqda 4-noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği Ahadxon Isoqjonov maʼlum qildi.
Uning bildirişiça, isitiş mavsumini boşlaş töğrisidagi qarorlar hududiy gidrometeorologiya markazlari maʼlumotlari asosida mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilinadi. Şundan söng köp qavatli uylarni markaziy isitiş tarmoqlariga ulaş işlari amalga oşiriladi.
Masʼulning taʼkidlaşiça, kuz-kiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik taʼminoti korxonalarining holati tekşirilgan. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli körsatmalar berilgan.
Toşkent şähri, Samarqand viloyati va Farğona vodiysidagi viloyatlarda issiqlik taʼminoti korxonalari aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etgan hamda markazlaşgan isitiş tizimini işga tuşirişga tayyor ekani bildirilgan.
Şu bilan birga, 15-noyabr barça hududlarda isitiş aynan şu kuni boşlanadi degani emas. Yakuniy sanalar mahalliy hokimliklarning qarorlariga boğliq.6


