Rossiyaning Tatariston Respublikasida Moskva–Toşkent yönalişida harakatlanayotgan, 51 nafar yölovçi bölgan avtobus töxtatilib, jarima maydonçasiga joylaştirilgan. Özbekiston diplomatlari aralaşuvidan söng yölovçilar safarini davom ettirgan.
“Dunyo” axborot agentligi xabariga köra, hodisa 31-oktabr kuni Tataristonning Almetyevsk şahrida sodir bölgan. Yöl-patrul xizmati xodimlari “Yutong” rusumli avtobusni tekşiriş davomida ikki nafar Özbekiston fuqarosi migratsiya qonunçiligini buzganini aniqlagan.
Şundan söng haydovçiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, avtobus yölovçilarning yuklari bilan birga muhrlangan va jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi va Migratsiya agentligi vaziyatga aralaşganidan keyin yölovçilarning buyumlari boşqa avtobusga ötkazilgan.
2-noyabr kuni barça yölovçilar öz yuklarini olib, safarini davom ettirgan. Şu tariqa 51 nafar yölovçi bilan boğliq muammo hal etilgan.
Voqeadan söng Boş konsulxona xalqaro avtobus qatnovlari ustidan nazoratni kuçaytiriş, çipta sotiş jarayonida yölovçilarning migratsiya hujjatlarini tekşiriş va migratsiya qoidalari buzilgan holatlarda haydovçilarni javobgarlikka tortiş amaliyotini muhokama qilişni taklif etgan.
Şuningdek, Rossiya va Qozoğiston çegara punktlaridan ötişni soddalaştiriş hamda qiş mavsumi oldidan avtobuslarning texnik holatini tekşirişni kuçaytiriş masalalari ilgari surilgan.


