5–6-noyabr kunlari Samarqand şahrida “Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus muloqoti”ning ilk uçraşuvi ötkaziladi. Unda 24 davlatdan 33 ta delegatsiya iştirok etişi kutilmoqda.
Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga köra, xalqaro uçraşuv “Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş” mavzusiga bağişlanadi.
Tadbir DXX raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov raisligida bölib ötadi. Unda xorijiy davlatlarning maxsus xizmatlari rahbarlari, beşta xalqaro taşkilot vakillari, ekspertlar va kuzatuvçilar qatnaşişi kutilmoqda.
Muloqot davomida sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalarning xavfsizlikka taʼsiri, şuningdek, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişda yuzaga kelayotgan yangi tahdidlar muhokama qilinadi.
Uçraşuv yakunida raqamli transformatsiya şaroitida xalqaro xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari va aniq vazifalarini belgilaş rejalaştirilgan.
Maʼlumot uçun, “Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus muloqoti”ni har yili ötkaziş taşabbusini Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2024-yilda Ostonada ilgari surgan. Ilk uçraşuvni Samarqandda taşkil etiş qarori esa 2025-yilda Tyanszinda ötkazilgan ŞHT sammitida maʼqullangan.


