Toşkent şahrining Çilonzor tumanida sintetik narkotik moddalar tayyorlaş va ularni tarqatiş bilan şuğullangan şaxs faoliyatiga çek qöyildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2002-yilda tuğilgan fuqaro tomonidan ijaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya taşkil etilgani aniqlangan.
Maʼlum qilinişiça, şaxs sintetik narkotik moddalarni tayyorlab, ularni “zakladka” usulida tarqatiş bilan şuğullangan.
Xonadonni xolislar iştirokida közdan keçiriş jarayonida tarqatiş uçun zip-paketlarga qadoqlangan giyohvandlik vositalari, elektron tarozi, mikser, fen, şpritslar, 1 000 dona böş şaffof paket, 1 000 dona böş flakon va boşqa aşyolar aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida jami 3,5 kilogramm gaşiş moyi, 600 gramm gaşiş, 200 gramm marixuana hamda tarkibida narkotik modda bölgan 8 dona peçenye aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 276¹-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


