AQŞ maʼmuriyati Rossiya tabiiy gazini Ukraina hududi orqali Yevropa bozoriga yetkazib berişni qayta yölga qöyiş taşabbusini ilgari surmoqda. Taklif Moskva va Kiyev örtasida energetika infratuzilmalariga hujumlarni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş jarayoni bilan boğliq.
“The Wall Street Journal” naşrining AQŞ, Yevropa va Ukraina rasmiylariga tayanib xabar berişiça, Jared Kuşner va Stiv Uitkoff 2026-yil sentabr oyida Moskva hamda Kiyevga taşriflari davomida uşbu masalani muhokama qilgan.
Rejaga köra, Rossiya gazi amerikalik vositaçi orqali sotilişi mumkin. Bu mexanizm Yevropa davlatlariga amaldagi sanksiyalar şaroitida gaz xarid qiliş imkonini yaratişi, AQŞ investorlari uçun esa yangi iqtisodiy imkoniyatlarni oçişi közda tutilgan.
Vaşington uşbu taşabbusni Rossiya va Ukraina örtasida energetika infratuzilmalariga özaro hujumlarni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş vositalaridan biri sifatida körmoqda. AQŞ maʼmuriyati Rossiya gazining Yevropa bozoriga qaytişi Vladimir Putinni energetika sulhiga rozi bölişga undaşi mumkin, deb hisoblamoqda. Ukraina esa gaz tranzitidan daromad oliş imkoniyatiga ega böladi.
Şuningdek, AQŞ Rossiya gazini sotişdan tuşadigan mablağlarni uçinçi davlat yurisdiksiyasidagi maxsus hisob raqamiga ötkazişni taklif qilgan. Bunday mexanizm orqali mablağlarning harbiy maqsadlarda işlatilişining oldini oliş rejalaştirilgan.
Biroq taşabbus Yevropa Ittifoqida qarşilikka uçramoqda. Yevropa qonunçiligiga muvofiq, Rossiya gazini import qilişdan 2027-yil oxirigaça bosqiçma-bosqiç voz keçiş belgilangan. Yevropa yetakçilari ham Rossiya energetika resurslariga qaramlikni qayta tiklaş niyatida emasligini bir neça bor bildirgan.
Maʼlumotlarga köra, Rossiya gazining Yevropa isteʼmolidagi uluşi Ukrainadagi uruş boşlanişidan oldingi 45 foizdan hozirda taxminan 11 foizga tuşgan. Ayni paytda Yevropa gaz isteʼmolining qariyb 30 foizi AQŞdan yetkazib beriladigan suyultirilgan tabiiy gaz hissasiga töğri keladi.
Şu tariqa, Vaşingtonning taklifi energetika savdosi bilan bir qatorda Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar, Yevropaning energetik xavfsizligi hamda AQŞning iqtisodiy manfaatlari bilan boğliq masalalarni ham qamrab olmoqda. Biroq Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz keçiş böyiça belgilangan siyosati taşabbusning amalga oşişiga tösqinlik qilişi mumkin