“Imarat Development” brendi ostidagi quriliş loyihalari bilan boğliq tadbirkor Marat Xamdamov Toşkent şahar IIBB tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat işi doirasida uşlandi. U işga gumonlanuvçi sifatida jalb etilgan.
“Gazeta.uz” naşrining 2-noyabrdagi xabariga köra, “Imarat Development” asosçisi Marat Xamdamov Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi yurituvidagi jinoyat işi doirasida uşlangan.
Tergov jarayonida M.X. va J.A. ism-şariflarining boş harflari bilan körsatilgan ikki şaxs Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi asosida uşlab turilgan. Marat Xamdamov jinoyat işiga gumonlanuvçi sifatida jalb qilingan.
Hozirça ikkinçi şaxsning kimligi oşkor etilmagan. Şuningdek, gumonlanuvçilarga ayblov eʼlon qilingani yoki ularga nisbatan qanday ehtiyot çorasi qöllanişi haqida maʼlumot berilmagan.
Avvalroq Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi “Imarat Development” MÇJ faoliyati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 192-11-moddasi (nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiisteʼmol qiliş) alomatlari böyiça jinoyat işi qözğatgani xabar qilingandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda. Gumonlanuvçining aybi sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi bilan isbotlanmagunça u aybsiz hisoblanadi.


