Toşkentda ötkazilgan “Döstlik Cup 2026” xalqaro futbol festivalida qatnaşgan qozoğistonlik yoş futbolçilarning bir qismi soğliği yomonlaşgani sababli şifoxonaga yotqizildi. Ota-onalar bolalar mehmonxonadagi ovqatdan zaharlangan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Qozoğistonning Kazinform axborot agentligi xabariga köra, Toşkentdagi “Döstlik Cup 2026” xalqaro futbol musobaqasida iştirok etiş uçun kelgan yoş sportçilarda 30-oktabrdan boşlab zaharlanişga öxşaş alomatlar kuzatilgan.
Futbolçilardan birining onasi Gulnurning aytişiça, dastlabki holatlar 30-oktabr kuni nonuştadan keyin boşlangan. 31-oktabrga ötar keçasi esa bolalarda isitma, iç ketişi va qayt qiliş alomatlari paydo bölgan.
Uning sözlariga köra, bir keçaning özida 11 nafar iştirokçining soğliği yomonlaşgan. Keyinçalik boşqa jamoalardagi bolalarda ham şunga öxşaş belgilar kuzatilgan.
Oqibatda 1-noyabr kuni ayrim yoş futbolçilar final uçraşuvlarida maydonga tuşa olmagan.
Ota-onalar holatga mehmonxonada taqdim etilgan nonuşta sabab bölgan bölişi mumkinligini bildirmoqda. Biroq zaharlanişning aniq sababi hozirça tasdiqlanmagan.
Hodisaga Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi ham munosabat bildirdi. Vazirlik maʼlumotiga köra, tibbiy yordamga muhtoj Qozoğiston fuqarolari Özbekistondagi ixtisoslaştirilgan tibbiyot muassasalariga joylaştirilgan va ularga zarur yordam körsatilmoqda.
Qozoğistonlik diplomatlar jabrlanganlarning yaqinlari va şifoxonalar bilan doimiy aloqada bölib, vaziyatni nazorat qilmoqda.
Şuningdek, soğliği barqaror bölgan futbolçilarni Qozoğistonga qaytariş uçun avval rejalaştirilgan poyezd qatnovi örniga aviaparvozlar taşkil etilayotgani aytilmoqda. Ayrim oilalar esa hozirça Toşkentda qolmoqda.


