Özbekiston dehqon va fermerlari 5 million tonnadan ziyod paxta xirmoni yaratib, mamlakat paxtaçiligi tarixida rekord natijaga erişdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev qişloq xöjaligi xodimlariga yöllagan tabrigida uşbu natijani tarixiy yutuq sifatida eʼtirof etdi.
Tabrikda qayd etilişiça, sönggi yillarda paxtaçilikda hosildorlik 21 sentnerdan 56 sentnerga, yaʼni 2,7 barobar oşgan. Bu yil qariyb 400 ming gektar maydonda örtaça hosildorlik 70 sentnerga yetgan, salkam 70 ming gektarda esa 100–110 sentnergaça hosil olingan.
Şuningdek, fermerlarning paxtadan 13–14 trillion söm sof foyda olişi kutilayotgani maʼlum qilindi. Kelgusi yilda esa örtaça hosildorlikni 65–70 sentnerga yetkaziş maqsad qilingan.


