Germaniya kansleri Fridrix Mers mamlakat prezidentligiga ayol nomzodni ilgari suriş taşabbusi bilan çiqdi. Uning taklifini hukumatdagi koalitsiya hamkori — Sotsial-demokratik partiya ham qöllab-quvvatlamoqda. Agar ayol nomzod saylansa, bu Germaniya Federativ Respublikasining 77 yillik tarixida ilk bor yuz beradi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers mamlakatning navbatdagi prezidenti lavozimiga ayol siyosatçini nomzod sifatida körsatiş niyatida. Bu haqda DW naşri dpa va AFP axborot agentliklariga tayanib xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, kansler 2-noyabr kuni Berlinda ötkazilgan Xristian-demokratik ittifoq (CDU) hududiy bölinmalari rahbarlarining yopiq yiğilişida uşbu taşabbusni ilgari surgan.
Mers özi rahbarlik qilayotgan partiyaga markazçi siyosiy kuçlar vakili bölgan ayol nomzodni taklif etmoqçi.
“Bu aynan ayol bölişi kerak, degan qatʼiy qarorga keldim”, — deya kanslerning yiğilişdagi sözlarini keltirgan axborot agentliklari.
Hozirça prezidentlikka körsatiladigan aniq nomzod eʼlon qilinmagan. Kansler nomzod masalasini 9-noyabr kuni bölib ötadigan CDU prezidiumi yiğilişigaça hal qilişi kutilmoqda.
Avvalroq Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel ham mamlakat prezidentligi lavozimini ayol kişi egallaşi vaqti kelganini bildirgan edi.
Germaniyada prezident xalq tomonidan töğridan-töğri saylanmaydi. Davlat rahbarini Bundestag deputatlari va federal yerlar vakillaridan taşkil topgan Federal yiğin saylaydi.
Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 30-yanvar kuni ötkazilişi belgilangan.
Agar saylovda ayol nomzod ğalaba qozonsa, u Germaniya Federativ Respublikasi tarixidagi birinçi ayol prezident böladi.
