Qarşining «Nasaf» futbol klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 musobaqasining guruh bosqiçi 4-turida safarda «Al-Kuvayt» jamoasini 3:2 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv davomida ikki gol ötkazib yuborgan özbekistonlik futbolçilar ikkinçi bölimda uçta gol urib, muhim ğalabani qölga kiritdi.
4-noyabr kuni Kuvaytdagi Jobir Al-Muborak stadionida ötkazilgan bahsda mezbonlar birinçi bölimda ustunlikka erişdi. Yosin Xenisiy 27-daqiqada, Muhammad Furayx esa 34-daqiqada gol urib, «Al-Kuvayt»ni 2:0 hisobida oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölimda taşabbusni qölga olgan «Nasaf» uçraşuv taqdirini özgartirişga muvaffaq böldi. Bobir Abduholiqov 57 va 67-daqiqalarda ikkita gol urib, hisobni tenglaştirdi. 81-daqiqada Oybek Rustamov tomonidan kiritilgan gol esa qarşiliklarga ğalaba keltirdi.
Uşbu natijadan söng «Nasaf» 4 oçko bilan A guruhida uçinçi örinni egallab turibdi. «Al-Kuvayt» esa 6 oçko bilan ikkinçi poğonada bormoqda.
Musobaqa tartibiga köra, guruhda birinçi va ikkinçi örinni egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga yöl oladi. Şu bois qarşiliklar uçun keyingi uçraşuvlar guruhdan çiqiş masalasida muhim ahamiyat kasb etadi.
«Nasaf» navbatdagi uçraşuvini 25-noyabr kuni öz maydonida Bahraynning «Al-Xolidiya» klubiga qarşi ötkazadi.
Uçraşuv natijasi:
Osiyo Çempionlar Ligasi 2, A guruhi, 4-tur.
4-noyabr, Kuvayt, Jobir Al-Muborak stadioni.
«Al-Kuvayt» — «Nasaf» 2:3
Gollar: Yosin Xenisiy (27), Muhammad Furayx (34) — Bobir Abduholiqov (57, 67), Oybek Rustamov (81).
