Samarqand va Buxoro şaharlarini boğlovçi pulli avtomobil yöli quriş rejalaştirilmoqda. Yangi yöl işga tuşirilsa, ikki şahar örtasidagi safar vaqti hozirgi 5 soatdan 1,5 soatgaça qisqarişi kutilmoqda.
Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida ötkazilgan hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasini oşirişga bağişlangan yiğilişda maʼlum qilindi.
Rejaga köra, Samarqand — Buxoro yönalişida sement-beton qoplamali pulli avtomobil yöli barpo etiladi. Loyiha şaharlar örtasidagi transport qatnovini tezlaştiriş va yölovçilar uçun qulaylik yaratişga qaratilgan.
Şuningdek, uşbu yönalişda tezyurar poyezdlar uçun yangi temir yöl liniyasini quriş ham közda tutilmoqda.
Davlat rahbari mutasaddilarga avtomobil va temir yöl loyihalarining master-rejalarini yakunlaş hamda hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş böyiça topşiriq berdi.
Hozirça loyihalarning umumiy qiymati, quriliş müddati va pulli yöldan foydalaniş tariflari maʼlum qilinmagan.


