Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov 27 milliondan ortiq özbekistonlikning şaxsiy maʼlumotlari xakerlar tomonidan qölga kiritilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Vazir hozirça maʼlumotlar tarqalmagani kelajakda bunday xavf yuzaga kelmasligiga kafolat emasligini taʼkidladi.
Şermatovning bildirişiça, “Butterfly Team” nomli xakerlar guruhi 27 million kişining maʼlumotlari sizib çiqqani haqidagi xabarlar orqali axborot xavfsizligi masalasiga eʼtibor qaratişni maqsad qilganini bildirgan.
“Lekin hozir tarqalmadi degani, zudlik bilan çoralar körilmasa, ertaga bunday holat bölmasligiga kafolat degani emas!” — deb yozdi vazir.
Şerzod Şermatov barça davlat, nodavlat va tijorat taşkilotlarini öz axborot tizimlaridagi zaifliklarni muntazam aniqlab, ularni bartaraf etişga çaqirdi.
Vazirning taʼkidlaşiça, şaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlaş uçun tizimlarni doimiy tekşiriş va mavjud zaifliklarni öz vaqtida tuzatiş muhim.
Şu bilan birga, 27 million fuqaroning şaxsiy maʼlumotlari haqiqatan ham tarqalgani tasdiqlanmagan.


