Buxoro şahrida umumiy qiymati 136,6 million dollar bölgan kongress-xoll hamda Hilton Garden Inn va Holiday Inn mehmonxonalari barpo etilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni quriliş jarayonlari bilan tanişdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, 60 million dollarlik kongress-xoll 14,5 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Majmuada xalqaro forumlar, yuqori darajadagi uçraşuvlar va yirik anjumanlar ötkaziş rejalaştirilgan. Hozirda asosiy betonlaş işlari yakunlanib, fasad va tom qismlarini quriş davom etmoqda.
Şuningdek, hududda 37 million dollarlik Hilton Garden Inn va 39,6 million dollarlik Holiday Inn mehmonxonalari qurilmoqda. Har ikkisi yetti qavatli bölib, jami 424 ta mehmonxona xonasiga ega böladi.
Hilton Garden Inn loyihasida yerosti avtoturargohi, Holiday Inn yonida esa ikki qavatli biznes markazi ham közda tutilgan.
Davlat rahbari uşbu loyihalar Buxoroning xalqaro turizm va işbilarmonlik markazi sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirişi kerakligini taʼkidladi.
Masʼullarga quriliş işlarini belgilangan muddatda va sifat talablariga rioya qilgan holda yakunlaş böyiça topşiriqlar berildi.


