Farğona viloyati va Toşkent şahrida is gazidan zaharlaniş oqibatida 18 kişi hayotdan köz yumdi. Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi fojialarni xavfsizlik talablariga zid ravişda örnatilgan isitiş qozonlari bilan boğlamoqda.
Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi maʼlumotiga köra, 25-oktyabr kuni Farğona tumanida bir oilaning yetti nafar aʼzosi, şu kuni Toşkent şahrida olti kişi, 1-noyabr kuni esa Qöqon şahrida beş kişi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Boşqarma uşbu holatlarni noqonuniy olib kirilgan va qölbola usulda qayta jihozlangan isitiş qozonlari bilan boğlagan.
Maʼlum qilinişiça, Germaniyada foydalanişdan çiqarilib, utilizatsiyaga topşirilgan Vaillant rusumli ikki konturli qozonlar Özbekistonga noqonuniy olib kirilib, yangi uskuna sifatida sotilgan.
Qozonlarning asl dudburonlari örniga yuqori haroratga çidamsiz polietilen quvurlar örnatilgan. Havo tortiş yöllarining berkitilişi esa gazning çala yonişi va zaharli is gazi ajralişiga sabab bölişi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi fuqarolarni eski va qayta jihozlangan isitiş qozonlarini xarid qilmaslikka, uskunalarni örnatişda sertifikat va xavfsizlik talablarini tekşirişga çaqirdi.

