4–5-noyabr kunlari kutilayotgan kuçli yomğirlar sababli Özbekistonning 9 ta viloyatidagi toğli va toğoldi hududlarda sel va suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin. Mutaxassislar aholini ehtiyotkorlikka çaqirdi.
Özgidrometning tezkor ogohlantirişiga köra, 4–5-noyabr kunlari respublikaning bir qator hududlarida yomğir yoğişi natijasida sel kelişi va suv toşqinlari kuzatilişi ehtimoli mavjud.
Xavf quyidagi hududlarda kutilmoqda:
Qaşqadaryo: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi va Ğuzor tumanlari.
Surxondaryo: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon va Muzrobot tumanlari.
Samarqand: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy va Iştixon tumanlari.
Navoiy: Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari.
Jizzax: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş va Yangiobod tumanlari.
Toşkent: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq şaharlari.
Namangan: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan va Yangiqörğon tumanlari.
Farğona: Söx, Şohimardon, Farğona va Beşariq hududlari.
Andijon: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod şahri.
Mutaxassislar toğli hududlarda yaşayan aholi, sayyohlar va haydovçilarni ehtiyot çoralarini körişga çaqirmoqda.
Şuningdek, ayrim hududlarda yomğir suvlarining töplanişi oqibatida suv bosiş holatlari ham yuzaga kelişi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.


