Vyetnamning ROX Group kompaniyasi Özbekistonda umumiy qiymati 4,5 milliard dollar bölgan törtta yirik şaharsozlik loyihasini amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Loyihalar 285 gektar maydonni qamrab olib, 115 ming nafar aholi uçun möljallangan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni Buxoro viloyatiga taşrifi davomida Vyetnamning ROX Group kompaniyasi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanişdi.
Prezident matbuot xizmatiga köra, kompaniya Buxoroda ikkita, Toşkentning Uçtepa tumanida va Samarqandda bittadan şaharsozlik loyihasini amalga oşirişni rejalaştirgan.
Xususan, Buxoro tumanida 65 gektar, Buxoro şahrida esa 25 gektar maydonda yangi turar joy massivlari qurilişi boşlangan. Uşbu hududlarda 30 ming kişiga möljallangan köp qavatli uylar, mehmonxonalar, biznes markazlari va savdo-köngiloçar obyektlar barpo etilişi közda tutilgan.
Uçtepa tumanida zamonaviy şahar muhitini yaratiş, Samarqandda esa sayyohlik majmuasi atrofidagi infratuzilmani kengaytiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, vyetnamlik investor Jizzax viloyatining Zomin tumanida sanoat zonasi taşkil etiş taşabbusini ilgari surgan.
Davlat rahbari taqdim etilgan konsepsiyalarni maʼqullab, loyihalarda zamonaviy şaharsozlik yeçimlarini qöllaş va zarur infratuzilmani yaratiş böyiça topşiriqlar berdi.


