Samarqandda tegişli litsenziyasiz “Umra” ziyoratini taşkil etiş bilan boğliq noqonuniy faoliyat aniqlandi. Sayyohlik firmasi xodimi 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuboriş evaziga 5 ming AQŞ dollari olayotgan vaqtida qölga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Samarqand tumanida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi xodimi uşlandi.
Maʼlum bölişiça, u Samarqand şahrida yaşovçi fuqaroga 4 nafar qarindoşini “Umra” ziyoratiga yuborişni vaʼda qilib, buning evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilgan. Gumonlanuvçi mazkur mablağni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Tekşiruv davomida uşbu sayyohlik firmasi “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş uçun zarur litsenziyaga ega emasligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar fuqarolarni “Umra” safarini rejalaştirişda xizmat körsatuvçi taşkilotlarning tegişli litsenziyasi mavjudligini oldindan tekşirişga çaqirmoqda.


