AQŞda 3-noyabr kuni ötkazilgan oraliq saylovlarda Demokratik partiya Kongressning har ikki palatasida köpçilikni qölga kiritdi. Bu natija prezident Donald Trampning qolgan ikki yillik faoliyati davomida qonunçilik taşabbuslarini amalga oşirişini qiyinlaştirişi mumkin.
Reuters va Associated Press xabarlariga köra, demokratlar nafaqat anʼanaviy ravişda özlari kuçli bölgan hududlarda, balki respublikaçilar uzoq yillardan buyon ustunlik qilib kelgan ayrim ştatlarda ham ğalaba qozongan.
Xususan, Texas, Kanzas, Ogayo, Ayova, Şimoliy Karolina va Janubiy Karolina ştatlaridagi Senat saylovlarida demokrat nomzodlar muvaffaqiyatga erişgan.
Saylov natijasida respublikaçilar Senat va Vakillar palatasidagi köpçilikni yöqotdi. Ayrim hududlarda ovozlarni hisoblaş davom etayotgani sababli örinlarning yakuniy taqsimoti hali özgarişi mumkin.
Yangi Kongress 2027-yil yanvar oyida iş boşlaydi. Demokratlarning har ikki palatani nazorat qilişi Tramp maʼmuriyatining qonun loyihalari, federal budjet va ayrim lavozimlarga nomzodlarni tasdiqlaş masalalarida Kongress bilan kelişişiga töğri kelişini anglatadi.
Şuningdek, demokratlar prezident maʼmuriyati faoliyati yuzasidan parlament tekşiruvlarini kuçaytiriş imkoniyatiga ega böladi.


