AQŞning Miçigan ştatida bölib ötgan saylovlarda demokrat Abdulrahmon El-Sayid respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozongani xabar qilindi. Natija rasman tasdiqlansa, u AQŞ tarixidagi birinçi musulmon senatorga aylanadi.
41 yoşli Abdulrahmon El-Sayid kasbi böyiça şifokor va epidemiolog bölib, avval Detroyt şahar soğliqni saqlaş departamentiga rahbarlik qilgan.
U saylovoldi kampaniyasida tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, aholi xarajatlarini kamaytiriş va iqtisodiy tengsizlikka qarşi kuraşiş masalalariga eʼtibor qaratgan.
Miçigandagi saylov AQŞ Kongressi Senatida demokratlar va respublikaçilar örtasidagi kuçlar nisbatini belgilovçi muhim bellaşuvlardan biri hisoblanadi.


