Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi Imarat Development quriliş loyihasi rahbari Marat Hamdamovga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasini qölladi. U firibgarlik va vakolatini suiisteʼmol qiliş bilan boğliq jinoyat işi doirasida tergov qilinmoqda.
Kun.uz manbasiga köra, 2-noyabr kuni Mirobod tuman sudi Marat Hamdamovga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasini qöllaş haqida ajrim çiqargan. U avvalroq protsessual tartibda uşlangan edi.
Mazkur jinoyat işi 1-noyabr kuni Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 192-11-moddasi (vakolatini suiisteʼmol qiliş) bilan qözğatilgan.
Maʼlumotlarga köra, Imarat Development kompaniyasi ayrim xaridorlarga uy-joylarni şartnomada belgilangan muddatlarda topşirmagan.
Şuningdek, xaridorlar kompaniyaning Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida joylaşgan loyihalaridan biri göyoki Toşkent şahrida qurilayotgandek taqdim etilganini daʼvo qilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Marat Hamdamovning aybdorligi sud hukmi bilan aniqlanadi.

