Şveytsariya Rossiyalik milliarderlar Alişer Usmonov va Mixail Fridmanga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi. Şu bilan birga, mamlakat Rossiyaga qarşi çeklovlar röyxatini kengaytirib, unga 254 ta yangi band kiritdi.
Şveytsariya Iqtisodiyot böyiça davlat kotibiyati (SECO) eʼlon qilgan maʼlumotlarga köra, Usmonov va Fridmanga qöşimça ravişda Qrim federal universitetining sobiq rektori Andrey Falaleev hamda Redbird Corporate Services Ltd kompaniyasiga nisbatan ham sanksiyalar bekor qilingan.
Şuningdek, Rossiya Davlat dumasi sobiq deputati Yuriy Şvitkin va konstruktor Aleksandr Leonov vafot etgani sababli ular ham çeklovlar röyxatidan çiqarilgan.
Ayni paytda Şveytsariya Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytiriş doirasida 254 ta yangi çeklov joriy etdi. Ular orasida:
- 33 ta Rossiya banki va uçinçi davlatdagi bitta bank;
- 17 ta moliyaviy muassasa hamda kriptoxizmatlar yetkazib beruvçisi;
- uçinçi davlatlarga tegişli 5 ta kompaniya;
- Rossiyaning 4 ta aeroporti va 2 ta porti mavjud.
SECO maʼlumotiga köra, Şveytsariya taşqi siyosiy va huquqiy omillarni baholaganidan söng, Rossiyaning ikki fuqarosini hozirça sanksiyalar röyxatiga kiritmaslikka qaror qilgan. Şuningdek, uçinçi davlatlarga tegişli 14 ta kompaniyaga nisbatan eksport nazoratini kuçaytiriş çoralari ham qöllanilmagan.
Qayd etilişiça, Yevropa Ittifoqining sanksiyalar böyiça 20-paketida nazarda tutilgan amaliy çoralar savdo çeklovlarini çetlab ötişning oldini olişga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, 2026-yil 22-sentabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yana uç yilga uzaytirgan, biroq Alişer Usmonov va Mixail Fridman uşbu röyxatdan çiqarilgan edi. Reuters, Financial Times va Euractiv naşrlari bu qarorni sanksiyalarni uzaytiriş böyiça kelişuvga erişiş doirasidagi murosa sifatida baholagan.


