Namangan viloyatida Qirğizistondan olib kirilayotgan 817 million sömdan ortiq qiymatdagi pirotexnika buyumlari çegara-bojxona postida töxtatildi. Yuk avtomobilidan tibbiyot dori vositalari ham topilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi, Çegara qöşinlari, Içki işlar va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida Qirğiz Respublikasidan Özbekiston hududiga kirib kelgan “Kamaz” rusumli yuk avtomobili va unga ulangan “Samro” yarim tirkamasi “Uçqörğon” çegara-bojxona postida tekşirildi.
Tekşiruvda yarim tirkamaning pol qismi ostiga yaşirilgan, xorijda işlab çiqarilgan va tegişli hujjatlari bölmagan 10 turdagi jami 301 ming 462 dona pirotexnika buyumlari aniqlandi. Şuningdek, avtomobildan “Steklovidnoye telo” nomli 700 dona tibbiyot dori vositasi ham topildi.
Baholaş hisobotiga köra, musodara qilingan pirotexnika buyumlarining umumiy qiymati 817 mln 716 ming söm, dori vositalariniki esa 2 mln 128 ming sömni taşkil etgan.
Holat yuzasidan transport vositasini boşqargan, Farğona viloyati Quvasoy tumanida yaşovçi 1980-yilda tuğilgan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 250¹-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


