Özbekistonda uçuvçisiz uçiş apparatlaridan (dronlardan) foydalanişga oid çeklovlarni yumşatiş masalasi körib çiqilmoqda. Bu borada qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlanadi.
Prezident masʼullarga uçuvçisiz aviatsiya tizimlarini iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etiş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş hamda tadbirkorlar uçun qulay şaroit yaratiş böyiça topşiriq berdi.
Mazkur vazifalar doirasida xorijiy tajriba örganilib, amaldagi qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiladi.
Agar taşabbus amalga oşsa, mamlakatda dronlardan foydalaniş tartibi soddalaştirilişi va uşbu texnologiyalarning iqtisodiyotdagi qöllaniş doirasi kengayişi mumkin.


